Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

18 nafar hokim yordamchisi javobgarlikka tortildi

18 nafar hokim yordamchisi javobgarlikka tortildi

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 8 iyuldagi 373-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom bilan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida tijorat banklari tomonidan kreditlarni Yagona elektron platforma orqali ajratish tartibi belgilandi.

Unga ko‘ra, hokim yordamchisi qarz oluvchining arizasiga asosan joyiga chiqqan holda, uning faoliyat turi bo‘yicha shart-sharoitlari, imkoniyati hamda yetarli ko‘nikmasi mavjudligini o‘rganib, o‘rganish natijasi bo‘yicha fotohisobot va qarz oluvchining xaritadagi joylashuvini ilova qilgan holda kredit ajratish uchun tavsiyanoma yoki kredit ajratishni rad etish to‘g‘risidagi xulosani 5 ish kuni mobaynida Yagona elektron platformaga joylashtirishi belgilangan.

Biroq ayrim hokim yordamchilari tomonidan tadbirkorlarning arizalari belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmaganligi ular huquqlarining buzilishiga sabab bo‘lgan.

Jumladan, Kosonsoy tumanida faoliyat yurituvchi «Fayz» MChJ (nomi o‘zgartirilgan) rahbarining Yagona elektron platforma orqali yo‘llagan 300 mln so‘m kredit ajratish haqidagi arizasi tegishli mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi tomonidan belgilangan muddatdan 35 kundan so‘ng ko‘rib chiqilib, tadbirkorlik sub’yektining qonun hujjatlari bilan berilgan huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Bu borada Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, 40 dan ortiq tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yganligi aniqlanib, Namangan viloyatidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining 18 nafar hokim yordamchilariga nisbatan ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi ta’minlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring