Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-iyundan 18 turdagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi

1-iyundan 18 turdagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi

Prezidentning «Aholi va tadbirkorlarga yengilliklar yaratish hamda byurokratik to‘siqlarni tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, 2021-yil 1-iyundan 16 yoshga to‘lgan shaxslarga ID-kartalari berish ularni soliq to‘lovchi sifatida hamda pensiya tizimida hisobga qo‘yish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.

Quyidagi faktlarni tasdiqlovchi:

•  ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;
•  narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;
•  sudlanganlik;
•  manzil-ma’lumot axboroti;
•  fuqaroning nomida shaxsiy uy-joy borligi yoki yo‘qligi;
•  turar joyning maydoni;
•  soliq qarzi bor yoki yo‘qligi;
•  soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi;
•  pensiya va nafaqa miqdori;
•  pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjud yoki mavjud emasligi;
•  nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi to‘g‘risidagi;

Quyidagi hujjatlarni:

•  shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
•  shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;
•  tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining ma’lumotnomalari;
•  kadastr hujjatlari va ularning nusxalari;
•  mehnat daftarchalari va ularning nusxalari;
•  oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlovchi arxiv ma’lumotnomalari; 
•  ish haqi va ish stajini, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlovchi arxiv ma’lumotnomalarini talab qilishi bekor qilinadi.

Ko‘rsatilgan hujjat yoki ma’lumotlarning davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, davlat muassasalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jismoniy shaxslardan talab qilinishi davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlarini buzish deb hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring