Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi kodeksga nimalar kiritildi?

Yangi kodeksga nimalar kiritildi?

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Bojxona kodeksining yangi tahriri loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan, muhokama joriy yilning 1-sentyabriga qadar davom etadi, deb xabar berdi «Norma».

Loyihada unda qo‘llanilgan xalqaro amaliyotga mos keladigan va tashqi iqtisodiy boshqaruv sohasiga oid boshqa hujjatlar uchun asos bo‘ladigan atama va tushunchalarga birxillashtirilgan ta’riflar berilgan. Qonun loyihasini ishlab chiquvchilar ta’riflarning har qanday mavhumligi va noaniqligi bojxona huquqiy munosabatlarining har bir ishtirokchisiga normalarni o‘zicha talqin qilish imkonini beradi.

Loyihada «bojxona rejimi» tushunchasi «bojxona tartib-taomillari» sifatida ko‘rib chiqiladi. Yangi «maxsus bojxona tartib-taomili» atamasi kiritildi.

Qonun loyihasidan bir-birini takrorlaydigan, boshqa qonunosti hujjatlarida mavjud bo‘lgan normalar (10 ta modda) chiqarib tashlandi. Amaldagi Bojxona kodeksida bojxona rejimlariga taalluqli 107 ta modda mavjud, taklif etilayotgan loyihada esa hammasi bo‘lib 43 ta modda keltirilgan.

Bojxona organlari tomonidan tovarlarni bojxona tartib-taomiliga joylashtirishga ruxsatnomalar va bojxona ishi sohasida ruxsat beruvchi hujjatlar berilishi bekor qilinadi. Shuningdek bojxona tashuvchisi faoliyati davlat boshqaruvidan chiqarib tashlanadi.

Tanlangan bojxona tartib-taomiliga muvofiq joylashtirish, joyini o‘zgartirish, realizatsiya qilish, saqlash va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishni Vazirlar Mahkamasining alohida qarorida batafsil tartibga solish nazarda tutilmoqda. Loyihada umumiy prinsiplar aks ettirilgan.

Qonun loyihasida TIF ishtirokchilari va bojxona organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yangi modelini yaratishga jiddiy yo‘naltirilgan bojxona ma’muriyatchiligi g‘oyasi ilgari surilgan. Shu bois bojxona tizimini rivojlantirish, tashqi savdoni rivojlantirishga ko‘maklashishning asosiy yo‘nalishlari bojxona organlari tomonidan majburiy tartibda ijro etiladigan aniq yuridik mexanizmlarda aks ettirilgan. Ishlab chiquvchilarning fikricha, yangi Kodeks biznes yuritishga qulay muhit yaratishi hamda mustahkam huquqiy bojxona xizmatini saqlab qolishi lozim.

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring