Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Poytaxt bank» ish boshladi (foto)

Toshkentda «Poytaxt bank» ish boshladi (foto)

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent shahrida yangi «Poytaxt bank» o‘z faoliyatini boshladi. Bank poytaxtda arzon uy-joylar sotib olish va qurishga kredit ajratishga ixtisoslashgan. Endilikda bu yerda 130 ga yaqin xodimlar mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bank to‘liq Toshkent shahar hokimligi tomonidan moliyalashtirilgan. Bankning afzalliklaridan biri, interaktiv xizmatlarning yo‘lga qo‘yilganligi. Unga ko‘ra, mijoz hatto bankka kelmagan taqdirda ham hisob raqami ochilishi va boshqa xizmatlarni masofadan turib amalga oshirishi mumkin.

Shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi bankomatlar haftaning har kuni 24 soat davomida faoliyat olib boradi hamda bank tariflari bo‘yicha ham mijozlarga ko‘plab qulayliklar mavjud.

Yangi bank Toshkentda ko‘p qavatli uylarni qurish va ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan pudratchi tashkilotlarga kreditlar ajratish va lizing xizmatlarini ko‘rsatish, muhandislik infratuzilmalari sifatini yaxshilashni ko‘zda tutuvchi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni moliyalashtirib, investitsion faoliyatni olib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring