Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tanzila Norboyeva Surxondaryo viloyati kengashining sessiyasida qatnashdi

Tanzila Norboyeva Surxondaryo viloyati kengashining sessiyasida qatnashdi

Foto: Senat matbuot xizmati

2019 yil 28 avgust kuni xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Kun tartibida belgilanganidek, parlament ishchi guruhi tomonidan viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish natijalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, parlament ishchi guruhi tomonidan Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan tadbirkorlik rivoji yo‘lidagi dolzarb masalalarni o‘rganish jarayoni, odamlar bilan muloqotlar, bu borada  jiddiy muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Xususan, o‘tgan olti oy davomida bor-yo‘g‘i faoliyat yuritmayotgan 24 ta kichik biznes sub’yektlari tiklangan, xolos. Bu esa o‘z navbatida, shu kabi korxonalarning muammolari bo‘yicha tizimli asosda ishlanmaganligini ko‘rsatadi.

Yarim yillik davomida viloyat bo‘yicha jami 184 ta kichik biznes sub’yektlari tugatib yuborilgan. Tadbirkorlik faoliyatini tashkiliy qo‘llab-quvvatlash  ishlari samarali tashkil etilmagani oqibatida bugungi kunga qadar umumiy qiymati 823,2 mlrd. so‘mlik 184 ta loyiha o‘z muddatida ishga tushirilmagan.

Shuningdek, sessiyada viloyatda faoliyat yurituvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida kooperatsiya aloqalari yo‘lga qo‘yilmaganligi qayd etildi.

Savdo va boshqa faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar viloyatning o‘zida ishlab chiqarilayotgan ko‘plab mahsulotlarni respublikaning boshqa hududlari, jumladan Toshkent shahri va vodiy viloyatlaridan olib kelmoqdalar.

Shu bilan birga, viloyatda yoshlar tadbirkorligi va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish borasidagi ishlar samaradorligi ham pastligicha qolmoqda. 2019 yilga mo‘ljallangan mazkur dastur shu kunga qadar viloyatda bor-yo‘g‘i 15,2 foizga bajarilgan.

Foto: Senat matbuot xizmati

Majlisda kreditlashning birlamchi talablari yetarlicha inobatga olinmagani, banklar hamda ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlarning lozim darajada yo‘lga qo‘yilmagani – tadbirkorlik rivojiga to‘siq bo‘layotgan yana bir muammo ekanligiga alohida urg‘u berildi.

Bu yo‘nalishdagi kamchiliklar oqibatida bugungi kunda viloyatda muddatida qaytarilmagan kredit va foiz to‘lovlaridan jami 244 mlrd. so‘mlik muammoli qarzdorliklar yuzaga kelganligi ham ta’kidlab o‘tilgan. E’tiborlisi, muammoli qarzdorliklarning asosiy qismi davlat maqsadli dasturlarida belgilangan yo‘nalishlarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha yuzaga kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring