Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorlar uchun jarima miqdori keskin tushirildi

Tadbirkorlar uchun jarima miqdori keskin tushirildi

Foto: «Xabar.uz»

Prezident farmoni bilan Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga asosan qo‘llanilgan jarima summasining 98 foizi hisobdan chiqariladi. Hujjatga ko‘ra:

  • Fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar birinchi marta sodir etilganda – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 foizi (avval 100 foizi);
  • Bir yil davomida takror sodir etilganda – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun qo‘llanilgan moliyaviy jarimalar bo‘yicha mavjud qarzdorlikning 98 foizi hisobdan chiqariladi va qarzdorlikni undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi.

Undirilgan jarima summalarining 98 foizi kelgusi to‘lovlar hisobiga tadbirkorlik sub’yektlariga qaytariladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring