Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Soliqlarni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyati beriladi, faqat...

Soliqlarni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyati beriladi, faqat...

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF‑5969‑son Farmoniga asosan mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun solig‘ini to‘lashni foiz hisoblamagan holda 6 oy muddatga kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish) vakolati berildi.

Moliya vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, buning uchun tadbirkorlik sub’yektlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga belgilangan tartibda, shu jumladan elektron shaklda soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabineti orqali ariza beradilar.

Bunda, shaxsiy kabineti orqali yuborilgan arizalar davlat soliq boshqarmalari va Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan qog‘oz yoki elektron ko‘rinishda taqdim etiladi.

Mazkur arizalar Farmon bilan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va tegishli idoralar xulosalari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashiga kiritiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining mahalliy soliqlar bo‘yicha kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish) to‘g‘risida qabul qilingandan so‘ng, soliq to‘lovchiga va tegishli soliq organlariga ijro uchun yuboriladi.

Mahalliy soliqlarni to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish) to‘g‘risida qaror qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan kuchga kiradi, agar qarorda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora‑tadbirlar to‘g‘risida»gi PF‑5978‑son Farmoniga asosan mikrofirma, kichik korxona va yakka tartibdagi tadbirkorlarga quyidagi imtiyozlar berilmoqda.

O‘z faoliyatini to‘xtatgan va (yoki) tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan tushumi joriy yilning birinchi choragidagi o‘rtacha oylik miqdorga nisbatan 50 foizdan ko‘proqqa kamaygan taqdirda, soliq organlarini xabardor qilgan holda:

  • mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza bermasdan turib aylanmadan olinadigan soliq, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha – ularni keyinchalik 12 oy davomida teng ulushlarda to‘lash sharti bilan;
  • ijtimoiy soliq bo‘yicha – uni keyinchalik 6 oy davomida teng ulushlarda to‘lash sharti bilan 2020 yil 1 oktyabrga qadar foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) huquqi olishlari mumkin bo‘ladi. 
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring