Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev neft-gaz sohasini isloh qilishga doir qaror qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev neft-gaz sohasini isloh qilishga doir qaror qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft-gaz sohasini isloh qilishga doir qaror qabul qildi. Respublikaning neft-gaz tarmog‘ini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.

So‘nggi yillarda yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini kompleks rivojlantirish hamda energiya resurslariga tobora oshib borayotgan ehtiyojni ta’minlashning muhim omili bo‘lgan energiya manbalarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

Shu bilan birga, geologiya qidiruv ishlari, investitsiya loyihalarini amalga oshirish va narxlarni shakllantirish ishlarining samarasizligi respublika iqtisodiyoti va aholisining energiya resurslari bilan to‘liq ta’minlanmasligiga, neft-gaz tarmog‘i korxonalari moliyaviy holatining yomonlashuviga olib keldi.

Jumladan, so‘nggi 20 yilda tabiiy gaz qazib olish hajmi 8 foizga oshgani holda mamlakat korxonalari tomonidan uni qazib olish hajmi 29 foizga pasaydi, 2008-2018yilda tasdiqlangan tabiiy gaz zaxiralari 4 foizga qisqardi, o‘tgan 5 yil davomida tabiiy gazning tabiiy zaxiralari o‘rnini to‘ldirish bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 70 foizga yaqin hajmni tashkil etdi.

2017-2018 yillarda moliyaviy mablag‘larning yetishmasligi va moddiy-texnik resurslarning taqchilligi natijasida tabiiy gaz qazib olishning o‘sishi prognoz ko‘rsatkichlariga nisbatan 42 foizni tashkil etgan xolos.

Tartibga solish funksiyalari va tijorat faoliyatini o‘zida birlashtirgan boshqaruvning eskirgan va shaffof bo‘lmagan tizimi neft-gaz tarmog‘i korxonalarida zamonaviy menejmentni joriy etishga, ularning moliyaviy barqarorligi va rentabelligini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda.

Respublika iqtisodiyoti va aholisining energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish, neft-gaz tarmog‘i korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishni ta’minlash, qabul qilingan xalqaro amaliyot asosida sog‘lom raqobatni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, zamonaviy raqamli texnologiyalarni va ilg‘or boshqaruv usullarini joriy etish maqsadida bir qator chora tadbirlar qabul qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan ushbu havola orqali to‘liq tanishib olishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring