Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasman: «Ipotekabank» sotib yuborildi

Rasman: «Ipotekabank» sotib yuborildi

«Ipotekabank» ATIB ning 75 foizi Vengriyaning OTP Bank nazoratiga o‘tdi.

OTP Bank  2020 yil oxiridan buyon O‘zbekiston hukumati bilan mamlakat bank sektorini xususiylashtirishda ishtirok etish imkoniyatlari bo‘yicha muzokaralar olib borgandi.

2022 yilning dekabr oyida, Toshkent shahrida tomonlar mamlakatning beshinchi yirik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi muassasasi – «Ipotekabank»ning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligiga tegishli aksiyalarining 100 foizini (umumiy bank aksiyalardagi ulushi taxminan 98 foiz) OTP Bank tomonidan sotib olish yuzasidan oldi-sotdi shartnomasini imzolagan edilar.

Bugun moliyaviy amaliyot muvaffaqiyatli yakunlandi va OTP Bank Ipoteka-bankning qonuniy nazorat organiga aylandi.

Natijada, OTP Bank Ipoteka-bankning 73,41 foiz egaligi bilan asosiy aksiyadoriga hamda bilvosita bankka tegishli moliyaviy lizing bilan shug‘ullanuvchi «Ipoteka lizing» va sug‘urta xizmatlarini taklif qiluvchi «Imkon-Sug‘urta» jamiyatlarining egasiga aylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring