Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning yirik banki sotildi!

O‘zbekistonning yirik banki sotildi!

Toshkent shahrida «Ipoteka-bank»ni xususiylashtirish to‘g‘risida oldi-sotdi shartnomasi imzolandi.

Uni xaridor – OTP Bank (shtab-kvartirasi Vengriyada joylashgan) nomidan Boshqaruv raisi va Bosh ijrochi direktori Shandor Chanyi va Bosh ijrochi direktor o‘rinbosari Laslo Volf, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi nomidan Moliya vaziri Timur Ishmetov, O‘zbekiston Respublikasi nomidan Bosh vazir o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayevlar imzolashdi.

Bitimning moliyaviy qiymati ochiqlanmagan.

Qayd etilishicha, OTP Bank O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli 100% aksiyalarni (aksiyalarning umumiy paketining qariyb 97%) ikki bosqichda sotib oladi: aksiyalarning 75% hozir, qolgan 25% esa birinchi bitim moliyaviy yopilganidan uch yil keyin. Birinchi bitimning moliyaviy yopilishi 2023 yilning birinchi yarmida amalga oshirilishi kutilmoqda.

 «Ipotekabank» 8,5% bozor ulushi va 1,6 milliondan ortiq chakana mijozlari bilan O‘zbekistondagi beshinchi yirik bank hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring