Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Mo‘ynoqda to‘xtab qolgan gaz qudug‘i qayta ishga tushirildi

«O‘zbekneftgaz»: Mo‘ynoqda to‘xtab qolgan gaz qudug‘i qayta ishga tushirildi

Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Shimoliy Berdaq» gazkondensat konidagi 73-sonli quduqda to‘la ta’mirlash ishlari olib borildi.

Quduqda qatlam suvi kelishi ko‘payganligi sababli kunlik gaz qazib chiqarish umuman to‘xtagan edi. Ayni paytda unda suv yo‘llarini to‘sish ishlari amalga oshirilib, yuqori yura qatlamining 1592-1588 m intervallar oralig‘ida perforatsiya ishlari o‘tkazildi.

Natijada quduqdan bir sutkada 100-120 ming kub metrgacha sanoat miqyosida tabiiy gaz olinmoqda.

Ma’lumot uchun: «Shimoliy Berdak» gazkondensat koni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida joylashgan bo‘lib, 2005 yilda ishga tushirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring