Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi Buxoro NQIZ faoliyati bilan tanishdi

«O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi Buxoro NQIZ faoliyati bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning iqtisodiyot tarmoqlari va aholini yoqilg‘i mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha belgilagan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv Raisi Mehriddin Abdullayev 2020 yil 13 fevral kuni Buxoro neftni qayta ishlash zavodining ishlab chiqarish maydonlarida bo‘ldi.

Tashrif doirasida «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev ishlab chiqarish jarayoni, asosiy texnologik qurilmalar, zavodning markaziy boshqaruv xonasi, mahsulot va xom ashyo sexi, uglevodorod xom ashyosi va neftmahsulotlarini quyish va to‘kish jarayoni, zavod markaziy tahlilxonasi va boshqa ishlab chiqarish jarayonlari hamda xodimlarning mehnat sharoitlari bilan tanishdi.

Shuningdek, Buxoro NQIZ tomonidan 2020 yildagi moliyaviy-iqtisodiy biznes-reja, xususan, daromadni oshirish, neft mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berish, o‘z vaqtida va sifatli texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari 2020 yil aprel oyidan boshlab Yevro 4,5 dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda avtomatik boshqaruv tizimini modernizatsiyalash borasida belgilangan vazifalar ijrosi tahlil qilindi.

Tashrif doirasida zavod rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9 yanvardagi «2020-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori doirasida «Buxoro NQIZni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish» investitsiya loyihasini amalga oshirilishi namoyish qilindi.

Zavodni rivojlantirish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyati, yangi texnologiyalarni joriy etish, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Buxoro NQIZ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring