Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonga qancha naqd xorijiy valyuta olib kirish va olib chiqish mumkin?

O‘zbekistonga qancha naqd xorijiy valyuta olib kirish va olib chiqish mumkin?

Xalqaro aeroportdagi bojxona xizmati.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

Hukumat tomonidan Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalari tasdiqlandi, deya xabar beriladi Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida.

  • Qoidalarga asosan Respublika tashqarisiga naqd xorijiy valyutani erkin olib chiqib ketish jismoniy shaxslarga ekvivalenti 5 000 (besh ming) AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdorda bojxona nazorati qoidalariga rioya qilgan holda ruxsat etiladi.
  • Belgilangan summadan ortiqcha mablag‘ni olib chiqib ketish:
  • rezidentlar (respublika hududida doimiy yashovchi shaxs) tomonidan - Markaziy bankining ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi, ushbu ruxsatnomada olib chiqib ketiladigan naqd xorijiy valyutaning jami summasi ko‘rsatiladi;
  • norezidentlar (respublikada doimiy yashamaydigan shaxs) tomonidan - Respublikaga kirish chog‘ida to‘ldirilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida amalga oshiriladi.
  • Bunda 2 000 AQSh dollarigacha bo‘lgan naqd xorijiy valyuta jismoniy shaxsning xohishiga ko‘ra deklaratsiyalanishi mumkin.
  • Shu bilan birgalikda Jismoniy shaxslarga Respublika hududiga bojxona nazorati qoidalariga rioya qilgan holda cheklanmagan miqdorda naqd xorijiy valyutani olib kirishga ruxsat etiladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring