Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meva-sabzavot eksportida 20 ming dollarlik cheklov bekor qilindi

Meva-sabzavot eksportida 20 ming dollarlik cheklov bekor qilindi

Foto:«Sputnik»

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz mahsulotlari, dukkakliklar, quritilgan sabzavotlar va mevalarni eksport qilishda 20 ming AQSh dollaridan ortiq summadagi mahsulotlar eksport kontrakti asosida eksport qilinishi lozim edi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, mazkur cheklov bekor qilindi. Ya’ni, ushbu toifadagi mahsulotlarni eksport qiluvchilar tegishli to‘lov kelib tushgandan keyin eksportni eksport kontraktisiz invoys asosida amalga oshirish huquqiga ega bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring