Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda iste’mol tovarlari va xizmatlar qimmatladi

O‘zbekistonda iste’mol tovarlari va xizmatlar qimmatladi

Foto: Xabar.uz

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning may oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,5 % ga oshgan.

2023 yilning may oyida narxlar va tariflar o‘sishida oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlari va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari mos ravishda o‘rtacha 0,5 foizga oshgani kuzatilgan.

Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 10,4 % ga yetdi.

Yil boshidan buyon iste’mol sektoridagi narxlar indeksi o‘rtacha 3,8 % ga o‘sgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring