Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston tekstili Londondagi onlayn-platforma orqali sotadi

O‘zbekiston tekstili Londondagi onlayn-platforma orqali sotadi

O‘zbekiston tekstili Buyuk Britaniyadagi «Sewport.com» onlayn-platformasi orqali sotishni boshlaydi. Bu haqda «Podrobno» xabar berib o‘tgan.

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining reklama va marketing agentligi hamda Britaniyadagi «Sewport.com» onlayn-planformasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra O‘zbekiston mahsulotlarining Yevropa va Amerika bozorlariga eksporti hajmi oshirilishi maqsad qilib olingan.

Bu kelishuv natijasida O‘zbekiston Markaziy Osiyoda «Sewport.com» orqali to‘qimachilik mahsulotlari eksport qiladigan ilk davlatga aylanadi. Angliya kompaniyasi asoschisi va direktori Boris Xodakelsning aytishicha, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar yirik brendlar bilan ishlashi uchun muzokaralarni ingliz tilida olib borishlari lozim.

Ayni vaqtda platforma kichik va o‘rta brendlar bilan ish olib bormoqda va bu asosan Britaniya hamda Amerika bozoriga tegishli. Ammo kompaniya platforma foydalanuvchilari salmog‘ini oshirish uchun aniq strategiyaga ega.

Kompaniya xizmati ishlab chiqaruvchilar uchun mutlaqo bepul. Chunki xizmat haqini to‘qimachilik mahsulotlarini sotib oladigan brendlar to‘laydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring