Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston budjet xarajatlari uchun Yaponiyadan qarz mablag‘lari oladi

O‘zbekiston budjet xarajatlari uchun Yaponiyadan qarz mablag‘lari oladi

Bu haqda «Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (YaXHA) ishtirokida «O‘zbekistonda shaffof va keng bozor iqtisodiyotiga o‘tishni rivojlantirish siyosatini qo‘llab-quvvatlash» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori loyihasida so‘z boradi.

YaXHA qarz mablag‘lari quyidagi moliyalashtirish shartlarida jalb etiladi:

  • «O‘zbekistonda koronavirus Covid-19 pandemiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish» loyihasi bo‘yicha – 15,0 mlrd.yapon yenasi miqdoridagi mablag‘larni 15 yil muddatga, shu jumladan 4 yillik imtiyozli davr bilan 0,01 foizda;
  • «Rivojlantirish siyosatini qo‘llab-quvvatlash» loyihasi bo‘yicha – 195,0 mln. AQSh dollar miqdoridagi mablag‘ 25 yil muddatga, shu jumladan 7 yillik imtiyozli davr bilan 6 oylik LIBOR +1,1 foizda.

YaXHA qarz mablag‘lari O‘zbekistonga respublika budjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratilishi ma’lum qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring