Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston bo‘yicha «buxanka»ning o‘rtacha narxi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston bo‘yicha «buxanka»ning o‘rtacha narxi ma’lum bo‘ldi

Foto:«Xabar.uz»

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan qolipli non narxi bo‘yicha tezkor o‘tkazilgan o‘rganishlarga ko‘ra Toshkent shahrida eng yuqori — 2800 so‘m, Qashqadaryoda viloyatida eng past — 1650 so‘m, respublika bo‘yicha o‘rtacha narx esa — 2250 so‘m ekani aniqlandi.

Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, un mahsuloti joriy yil iyun oyidan boshlab birja savdolariga yetarli miqdorda qo‘yilmoqda va bu jarayon ustidan doimiy nazorat o‘rnatilgan. Respublikada un mahsuloti zaxirasi shakllantirilgan bo‘lib, narx-navolarning keskin oshib ketmasligi uchun zarur miqdorda un savdolarga qo‘yib boriladi.

Xususan, joriy yil iyun oyida 170 ming tonna un birjaga qo‘yilishi, bunda har bir non ishlab chiqaruvchi uchun teng sharoit yaratish maqsadida kichik lotlarda (3 tonnadan) qo‘yilmoqda. Joriy yil 1iyun holatida 50,5 ming tonnadan ortiq un mahsuloti qoldig‘i mavjud bo‘lib, avgust oyi uchun ham un ishlab chiqarish uchun korxonalarda zarur don zaxiralari mavjud.

Un mahsuloti realizatsiya qilinishining bozor tamoyillariga asoslangan mexanizmi joriy qilinishi, birinchi navbatda bug‘doy yetishtiruvchi fermer va dehqonlardan tortib, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar manfaatini ko‘zlab qilingan qadam bo‘lib, ushbu jarayonda shaffof tizim yaratilishi bilan birga, respublikaning eng chekka hududlariga ham mahsulotning yetib borilishi nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, bugundan Toshkentda buxanka non narxi 2800 so‘mga ko‘tarilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring