Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mingbuloqda 3 mingdan ortiq yangi ishchi o‘rni yaratildi

Mingbuloqda 3 mingdan ortiq yangi ishchi o‘rni yaratildi

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yil davomida Mikrokreditbank tomonidan aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish, muammolarini hal etish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, jismoniy hamda yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lami kengaydi, davlat dasturlari asosida kredit ajratish tizimi takomillashdi hamda interaktiv bank xizmatlari izchil tarzda rivojlandi. Mazkur islohotlar hamda yangilanishlarni Namangan viloyati Mingbuloq tumani misolida ko‘rib chiqamiz.

Avvalo, tuman miqyosida «Mahallabay» ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unga ko‘ra  tumandagi 40 ta mahallaga jami 91 nafar ishchi guruhlari jalb etilib, tuman shtabi tashkil etilgan. Doimiy vakillar tomonidan xonadonlar xatlovdan o‘tkazilib, 22,9 mingta xonadon to‘liq o‘rganildi va muammolar hal etildi.

Shuningdek, 739 nafar mehnatga layoqatli ishsiz aholining bandligi ta’minlandi.

— Anchadan beri ish izlab yurgan edim, – deydi Beshserka mahallasidagi 24-MTTga yordamchi tarbiyachi bo‘lib ishga joylashgan fuqaro Odina Raxmonova. – Jonkuyar xodimlarning sa’y-harakatlari bilan ko‘nglimdagidek ishga joylashdim.

Tadbirkorlik sub’yektlari bilan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, ularda 223 ta muammo mavjudligi aniqlanib, bugungi kunda yer va bino ajratilishi, kommunikatsiya ta’minoti va tarmoqqa ulanish, kredit ajratish bo‘yicha 208 ta muammo hal etilgan.

Shu jumladan, Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va kengaytirish istagidagi 2147 ta sub’yektga jami 45,2 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan va 2250 nafar fuqaro bandligi ta’minlangan.

Jami 3 gektar bo‘sh yer maydonlari aniqlanib, 2,6 gektar yer maydonlari auksion savdolariga chiqarildi hamda 0,63 gektar yer maydonlarida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’yektlari tashkil etildi.

Bundan tashqari, 260 ta oilaga 3392 mln. so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. Alohida o‘tkazilgan so‘rovnomalarga asosan kredit olish istagidagi 28 nafar fuqaroga parrandachilik va tikuvchilik yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli kreditlar ajratildi.   

Lider tadbirkor yo‘nalishi bo‘yicha «Art Soft Tex Cluster» direktori M.Bekmurodovga dastur doirasida 1.0 mlrd.so‘m kredit ajratish orqali 100 ta yangi ish o‘rinlari yaratish belgilangan.

«Dilshod Sahovat» MChJ rahbari D.Yigitaliyev loyihasiga esa 1.5 mlrd.so‘m kredit mablag‘i ajratish orqali 100dan oshiq yangi ish o‘rinlarini Mingbuloq tumanidagi «O‘rtaqishloq» mahallasida amalga oshirish imkoniyati mavjudligi aniqlandi, bugungi kunda ushbu tadbirkorga 800.0 mln.sum mikdorida kredit mablag‘i ajratildi.

– Men o‘zim yashab  turgan hovlimda inkubatoriya tashkil etdim, – deydi Mingbuloq tuman Mehnatobod MFYdagi «Gulchexra Ozodbek Abdumutal» MChJ rahbari T.Bozorboyev. – Inkubatoriyaning quvvati 180 ming bosh jo‘jani tashkil etadi, 10 nafar ishchi o‘rni yaratdik. Qo‘shimcha ravishda shu hovlim ichida 2 ta tovuqxona tashkil etdim. Hozirgi kunda tuxumlardan chiqarilgan jo‘jalarni vodiy bo‘yicha buyurtma asosida yetkazib bermoqdamiz.

Tumanda 2021 yilning sentyabr oyida mahallalarning o‘sish nuqtasidan kelib chiqib «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi tomonidan Mehnatobod mahallasi Qahramonlar ko‘chasida istiqomat qiluvchi 27 ta xonadonning har biriga 25 bosh qora xonaki tovuqlar tarqatildi va shu orqali ushbu xonadonlarda ayollar daftarida turuvchi 13 nafar ishsiz ayollar bandligi ta’minlandi.

Kelgusida mazkur islohotlar hamda yangilanishlarni izchil davom ettirgan holda parrandachilik, lider tadbirkorlik, «mahallabay» ishlar bo‘yicha aniq reja-jadval ishlab chiqilgan. Zero, birgina Mingbuloq tumanidagi iqtisodiy o‘sish butun mamlakatimiz iqtisodining rivojlanishida ham o‘z aksini ko‘rsatmay qolmaydi.

Bank axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring