Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jamshid Qo‘chqorov: «Inflyasiyani jilovladik deyishga hali erta, lekin…»

Jamshid Qo‘chqorov: «Inflyasiyani jilovladik deyishga hali erta, lekin…»

Foto: Xabar.uz

Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘zining tvitter sahifasida yanvar oyidagi inflyasiya oxirgi to‘rt yilning shu oyidagi eng past ko‘rsatkich bo‘lganini qayd etdi.

«Yanvar oyida inflyasiya – 0,6% tashkil etdi. O‘tgan yil xuddi shu davrda – 1,5%, 2018-yil yanvarida – 2,7; 2017-yilning shu oyida – 1,5% bo‘lgan.

Inflyasiyani jilovladik deyishga hali erta. Biz, faqatgina inflyasiya bilan kurashish mumkinligini kurayapmiz xolos.

Lekin inflyasiyaga ta’sir etuvchi bir nechta nomonetar omillar hali ham neytralizatsiya qilinmagan. Ishlashimiz kerak, asosiysi – inflyasiyani o‘tgan yilgiga nisbatan pasaytirish ehtimoli anchagina yuqori», deb yodi moliya vaziri.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring