Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi markazning vazifalari belgilandi

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi markazning vazifalari belgilandi

Foto: «UzDaily.uz»

Hukumat qarori (183-son, 01.03.2019-y.) bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazining ustavi tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Unga muvofiq, Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • mahsulotlar nomenklaturasi va turlari to‘g‘risida xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga axborot berish;
  • ishlab chiqarish quvvatlari, tovarlarga bo‘lgan talab va taklifning hajmlari, narxlarning o‘zgarishi haqida ma’lumotlarni shakllantirish;
  • tovar bozorlaridagi narxlar, talab va takliflarning o‘zgarishi dinamikasini tahlil va monitoring qilish.

Ustav bilan Markazning huquq va majburiyatlari belgilandi.

Shunga muvofiq, Markaz maslahat, axborot va boshqa xizmatlarni ko‘rsatadi, o‘z filiallarini tashkil etadi.

Markazga iqtisodiyot va sanoat vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring