Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulnora Karimova va boshqa sobiq amaldorlardan qaytarilgan pullar qayerga sarflanmoqda?

Gulnora Karimova va boshqa sobiq amaldorlardan qaytarilgan pullar qayerga sarflanmoqda?

Taniqli ekspert, iqtisodchi Yuliy Yusupov o‘zining «Facebook»dagi sahifasida Gulnora Karimovaning kecha bergan bayonotiga munosabat bildirib, qaytarilgan pullar nimaga va qayerga sarflanishi bilan qiziqdi:

Gulnora Karimova O‘zbekiston xalqidan kechirim so‘radi va o‘zining O‘zbekiston hududidagi 1,2 milliard dollar shaxsiy aktivlari «o‘ziga tegishlilikdan chiqqani va respublika budjeti farovonligi uchun xizmat qilayotgani»ni ma’lum qildi.

Boshqa ko‘plab sobiq amaldorlar ham davlat foydasiga o‘z mulkining katta qismini o‘tkazgani haqida mish-mishlar yuribdi. Bu ham millionlab, milliardlab pul degani.

Birgina Gulnora Karimovaning «hissasi»ni olgan taqdirimizda ham mamlakat budjeti uchun bu katta summa. Shu sababli ikkita savol yuzaga keladi:

  1. Davlat budjetining daromadlar to‘g‘risidagi qaysi moddasiga ko‘ra bu kabi kirimlar amalga oshirilmoqda? Negadir shu kabi moddalar va budjetdagi tegishli summalarni eslay olmayman.
  2. Balki mana shu kirimlar QQSni 20 foizdan 12 foizga tushirishga yetar va soliq islohotidagi asosiy muammoni hal etishga yordam berar, deb yozadi ekspert.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring