Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oktyabrdan eski mashinalarni yangisiga almashtirish mumkin bo‘ladi

Oktyabrdan eski mashinalarni yangisiga almashtirish mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti «O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergandik.

Unga ko‘ra, 2019-yil 1-oktyabrdan ishlatilgan mashinani rasmiy dilerlarga topshirib, narxdagi tafovutni to‘lash orqali yangi avtomobilni olish imkonini beruvchi «TRADE-IN» dasturi joriy etiladi.

«TRADE-IN» dasturi doirasida rasmiy dilerlar tomonidan ishlatilgan mashinalarni IIV organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish chog‘ida ularni yig‘ganlik uchun to‘lov amalga oshirilmaydi.

IIV rasmiy dilerlarni ishlatilgan avtomobillarni realizatsiya qilish uchun maxsus ma’lumotnoma blanklari bilan ta’minlashi kerak bo‘ladi.

Shuningdek, 2019-yil 1-noyabrga qadar ehtiyot qismlar va yig‘ilgan qismlarning xavfsizligi va sifatini tekshirish uchun namunali sinov dasturlari ishlab chiqib tasdiqlanadi.

2019-yil 1-dekabrga qadar Pskent avtomobil poligoni bazasida avtomobillar va ularning ehtiyot qismlarini sinash bazasi tashkil etiladi va zarur texnik uskunalar bilan jihozlanadi.

2020-yil 1-yanvargacha mashinalar va ularning ehtiyot qismlarini to‘liq sinovdan o‘tkazish uchun laboratoriyalarni zarur texnika va jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha kompleks dasturni ishlab chiqiladi.

2020-yil 1-martgacha «Avtomobillar uchun o‘rtacha korporativ yoqilg‘i tejamkorligi» standarti ishlab chiqilib, tasdiqlanadi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring