Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtomobil bozori Sergelining o‘zida qoladimi?

Avtomobil bozori Sergelining o‘zida qoladimi?

Foto: «Podrobno.uz.»

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga Sergeli avtomobil bozorining yangi joyga ko‘chirilishi loyihasi ko‘rsatildi. Bu haqda «Podrobno.uz» xabar bermoqda.

«Mazkur loyihaning asosiy sarmoyadori sifatida «Miratec» kompaniyasi ishtirok etmoqda.  Uning direktori Dilshodxon Mansurxonovning so‘zlariga ko‘ra, bu loyiha koreyalik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bu Jahongir Ortiqxo‘jayevda qiziqish uyg‘otgan. Yaqin vaqtlar ichida investor moliyaviy hisob-kitoblar bo‘yicha ma’lumot berishi lozim», — deya ta’kidladi hokimlik qoshidagi jamoatchilik kengashi vakili.

Avvalroq, Toshkentdagi yirik Sergeli avtomobil bozorining yangi manzilga ko‘chirilishi haqida xabarlar tarqatilgandi, ammo uning aynan qayerga ko‘chirilishi haqida aniq ma’lumot berilmagandi. Mutasaddilar avtomobil bozorini aynan Sergeli tumanida saqlab qolishga harakat qilishayotgani aniq bo‘ldi.

«Men bu bozor tumanimiz hududida qolishini istardim. Faqat buning uchun transport harakatiga xalaqit qilmaydigan yangi joy topishimiz zarur. Bizda Toshkent halqa yo‘li atrofida bunday joylar bor. Bu bozor mahalliy budjetni to‘ldiruvchi yaxshi manba hisoblanadi. Undan tuman g‘aznasiga yiliga 11 milliard so‘m tushadi. Biz bu tushumni yo‘qotishni istamaymiz», — degan Sergeli tumani hokimi Nozim Husanov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring