Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Budjet kodeksiga o‘zgartishlar kiritildi

Budjet kodeksiga o‘zgartishlar kiritildi

«Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qonunga muvofiq, budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritildi.

Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining reglamentlariga navbatdagi yil uchun O‘zbekistonning Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishga oid alohida bo‘lim kiritildi.

Shuningdek, Budjet kodeksi birinchi va ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi, umumiy fiskal balans, hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchi kabi tushunchalar bilan to‘ldirildi.

Kodeksdan budjet xarajatlariga o‘zgartirish kiritish tartibiga oid moddalar chiqarib tashlandi.

Bundan tashqari, «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi Qonundan Davlat budjetini qabul qilishga oid modda chiqarib tashlandi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran  kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring