Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Idoraviy qonun hujjatlarini qabul qilish vaqtincha to‘xtatiladi

Idoraviy qonun hujjatlarini qabul qilish vaqtincha to‘xtatiladi

«Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident Farmoni qabul qilingani haqida xabar berilgandi.

Farmonga ko‘ra, qonunchilikni tizimlashtirish va ortiqcha huquqiy tartibga solishni kamaytirish maqsadida 2020-yil 1-iyuldan 2021-yil 1-yanvargacha idoraviy qonun hujjatlarini qabul qilish to‘xtatiladi.

O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi, shuningdek, unifikatsiya qilishni nazarda tutuvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish bundan mustasno.

Idoraviy qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 2020-yil 1-iyuldan boshlab sinov tariqasida, 2020-yil 1-oktyabrdan boshlab esa to‘liq Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring