Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Artel innovatsion o‘quv markazi Certiport imtihonlarini o‘tkazish uchun litsenziyaga ega bo‘ldi

Artel innovatsion o‘quv markazi Certiport imtihonlarini o‘tkazish uchun litsenziyaga ega bo‘ldi

Artel innovatsion o‘quv markazi Certiport kompaniyasining imtihonlarini o‘tkazish bo‘yicha vakolatli test markazi maqomini oldi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan talabalar IT sertifikatlash sohasida jahon yetakchilari — Pearson Assessments, Microsoft, Adobe, Unity, IT specialist, App development with Swift, IC3 Digital Literacy Certification, Communication Skills for Business, Project Management Institute, CISCO, ESB hamda Autodesk kompaniyalaridan sertifikat olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Certiport tomonidan berilgan litsenziyaga ko‘ra, Artel Innovatsion o‘quv markazi yuqorida tilga olingan kompaniyalarning o‘quv materiallari, vaucherlari, shuningdek, veb xizmatlariga kirish kodlarini o‘z ichiga olgan barcha mahsulotlarning yetkazib beruvchisiga aylandi. Bu sertifikat olishni xohlovchilar Artel innovatsion o‘quv markazida xalqaro dastur bo‘yicha tahsil olib, so‘ng imtihon topshirishlarini anglatadi.

Ma’lumot uchun: Certiport kompaniyasi PERSON VUE kompaniyasining biznes bo‘limi bo‘lib, u 1997 yilda Amerikada tashkil etilgan va hozirgi kunda sertifikatlash xizmatlari: imtihonlarni boshqarish va sertifikat taqdim etish bo‘yicha yetakchilardan hisoblanadi. Certiport har yili 148 ta davlatda, shu jumladan O‘zbekistonda o‘rta, oliy ta’lim, mehnat resurslari va korporativ texnologiyalar bozorlarida millionlab imtihonlarni o‘tkazadi.

Ta’kidlash joizki, Artel ko‘plab xalqaro kompaniyalar singari ilg‘or texnologiyalar yordamida o‘z xodimlariga zamonaviy, yuqori sifatli bilim berishga doimiy ravishda e’tibor qaratib, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari sari faol harakat qilmoqda. Certiport va Artel innovatsion o‘quv markazi o‘rtasidagi hamkorlik esa nafaqat kompaniyada, balki butun O‘zbekistonda malakali kadrlar tayyorlashning yuqori darajasini ta’minlashga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring