Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston qurollari II Jahon urushida qanchalik asqotgan? (infografika)

O‘zbekiston qurollari II Jahon urushida qanchalik asqotgan? (infografika)

Foto: «Rodinatyumen.ru»

Ikkinchi jahon urushi xalqlar tarixida o‘chmas, asoratli iz qoldirdi. Sovuq urush changalidan yurtimiz ham chetda qolmadi: millionlab o‘zbek yigitlari, bo‘z o‘g‘lonlar jang maydonlarida jon olib jon berdi, necha yuz minglab xonadonlar huvillab qoldi...

Front ortida qolgan xalq ko‘rsatgan matonat, fidoyilik va ulkan mehnat alohida mavzu. Ma’lumotlarga qaraganda, urush yillari O‘zbekiston aholisi 649,9 million so‘m naqd pul, 4 milliard 226 million so‘mlik zayom, 52,9 kilogramm oltin va kumushni mudofaa jamg‘armasiga yig‘ib bergan. Janggohlarga 7 million 518 ming donadan ziyod gimnastyorkalar, 2 million 639 ming donaga yaqin paxtalik, 2 million 221 mingdan ortiq etik va qo‘njli botinkalar jo‘natilgan. Yengil sanoat korxonalari 246 million so‘mlikdan ziyod mahsulotlar yetkazib bergan. Bundan tashqari, 1 million 282 ming tonna g‘alla, 482 ming tonna kartoshka va sabzavot, 1000 tonna poliz mahsulotlari, quruq va ho‘l mevalar frontdagilarga yuborilgan.

O‘zbekiston urush yillari frontni qurol-aslaha va jangovar texnika bilan ta’minlovchi asosiy bazalardan biriga ham aylandi. Quyidagi infografika, raqamlar ham bunga shohidlik beradi. 

Infografika: «Xabar.uz»
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring