Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TIV Qozog‘istonga bormoqchi bo‘lganlarga murojaat qildi

TIV Qozog‘istonga bormoqchi bo‘lganlarga murojaat qildi

Foto: Xabar. uz

Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istonga bormoqchi bo‘lgan fuqarolarga murojaat qildi. 

Aytilishicha,  Qozog‘iston Respublikasiga kirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgani munosabati bilan Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istonga kirish va chiqishda fuqarolarimizga barcha zarur hujjatlarni o‘zlari bilan olib yurishni tavsiya qiladi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston-Qozog‘iston yoki Rossiya-Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tishda nafaqat Qozog‘istonga, balki Rossiya Federatsiyasiga ham kirishda hech qanday to‘siqlar yo‘qligiga oldindan ishonch hosil qilish lozim, chunki Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi ma’muriy va jinoiy ishlar bo‘yicha qarorlarni o‘zaro tan olish va ijro etish to‘g‘risidagi kelishuvlarga muvofiq Qozog‘istonning vakolatli organlari Rossiyaning migratsiya va boshqa qonun hujjatlarining buzilishi yoki to‘lanmagan jarimalar mavjudligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadilar.

Agar Rossiyada bo‘lish davrida qayd etilgan qoidabuzarlik yoki to‘lanmagan jarima aniqlansa, Qozog‘iston tomoni O‘zbekiston fuqarosining Qozog‘istonga kirishi yoki chiqishini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring