Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yulduz Usmonovaning sudiga nuqta qo‘yildi

Yulduz Usmonovaning sudiga nuqta qo‘yildi

Foto: Sputnik

2021-yil 15-iyun kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining ish yurituviga da’vogar Tajimuratov Dauletmurat Mirzamuratovichning javobgar Usmonova Yulduz Ibragimovnaga nisbatan sha’n-qadr qimmatga yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi kelib tushgan arizaga ko‘ra tayinlangan galdagi sud majlisi VKA rejimida ko‘rilishi 2021-yil 23-iyul soat 15:00 ga qoldirilgandi.

Toshkent shahar sudlari kanalida qayd etilishicha, 2021-yil 23-iyul kuni Oliy sudning VKA rejimi orqali respublika miqiyosida sudyalar faoliyatining 2021-yil 1-yarim yillik yakuni bo‘yicha yig‘ilishi o‘tkazilgan.

Shunga ko‘ra, da’vogar Tajimuratov Dauletmuratning javobgar Usmonova Yulduzga nisbatan sha’n-qadr qimmatga yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi da’vo arizasi bo‘yicha 2021-yil 23-iyul soat 15:00 ga tayinlangan VKA rejimida ko‘rilishi rejalashtirilgan ish boshqa kunga qoldirilgan.

Sud majlisining muhokamasi bugun – 29-iyul soat 15:00 ga VKA rejimida FIB Nukus tumanlararo sudi ishtirokida ko‘rilishi tayinlangan bo‘lib, taraflarga telefonogramma orqali xabar berilgan.

2021-yil 29-iyul kuniga tayinlangan sud majlisi da’vogar Tajimuratov Dauletmuratning ishni ko‘rmasdan qoldirish haqidagi arizasi sudga kelib tushganligi sababli uning javobgar Usmonova Yulduzga nisbatan sha’n-qadr qimmatga yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi arizasi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 122-moddasi 9-bandiga asosan ko‘rmasdan qoldirildi va bu haqda sudning shu kundagi ajrimi e’lon qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring