Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘l bo‘yida bir xalta nasha bilan bamaylixotir yurgan shaxs qo‘lga olindi

Yo‘l bo‘yida bir xalta nasha bilan bamaylixotir yurgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent viloyati. 2020 yil 22 may kuni soat 14:30 da Yuqorichirchiq tumani IIB xodimlari tomonidan Gulbog‘ mahallasi hududida Toshkent shahar Bektemir tumanida yashovchi 35 yoshli Ye.A. maqsadsiz yurganligi va o‘zini shubhali tutganligi sababli tezkor suhbat o‘tkazilib xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilinganida, qo‘lida bo‘lgan qora rangli polimer paketga o‘ralgan yashil rangli, o‘tkir hidli «nasha» ga o‘xshash o‘simlik barglarini o‘zi bilan olib yurganligi aniqlanib, mazkur o‘simlik barglari xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berib o‘tdi.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, fuqaro Ye.A.dan olingan polimer paket ichidagi o‘simlik moddasi xo‘l, «marixuana» giyohvandlik vositasi ekanligi va uning sof og‘irligi 1.407 grammni tashkil qilishi aniqlangan.

Holat yuzasidan Yuqorichirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandi (ko‘p miqdordagi giyovandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring