Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yakkabog‘da «zamhokim»ni yoqib yuborgan tadbirkor Toshkentda sud-psixiatriya ekspertizasidan o‘tmoqda

Yakkabog‘da «zamhokim»ni yoqib yuborgan tadbirkor Toshkentda sud-psixiatriya ekspertizasidan o‘tmoqda

Foto: Shuhrat Latipov / «Gazeta.uz»

Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari Mansur Tuymayevning hayotiga suiqasd qilganligida ayblanuvchi yakkabog‘lik tadbirkor Baxriddin Isamov Toshkentda sud-psixiatriya ekspertizasidan o‘tmoqda. Bu haqda Bosh prokuraturaga asoslangan holda Gazeta.uz xabar berib o‘tdi.

Yakkabog‘ tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Mansur Tuymayevning hayotiga suiqasd qilganligida ayblanuvchi tadbirkor Baxriddin Isamov ayni paytda Toshkentda sud-psixiatriya ekspertizasidan o‘tmoqda. Yakkabog‘ tumani prokuraturasi yuqorida qayd qilingan holat yuzasidan 20 iyul kuni Baxriddin Isamovga nisbatan Jinoyat kodeksining 25- va 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishini qo‘zg‘atgan.

Isamovning himoya huquqi ta’minlanib, himoyachisi Sh. Gayirov ishtirokida gumon qilinuvchi tariqasida so‘roq qilingan. 21 iyul kuni Isamov Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibda ushlanib, bu haqida yaqin qarindoshlariga ma’lum qilingan va qarindoshlari tomonidan olib kelingan kiyim-kechak va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlangan.

22 iyul kuni Isamovga ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Ayblanuvchi qarindoshlari tomonidan taklif qilingan himoyachi X. Djabborov bilan xoli uchrashishi uchun sharoit yaratib berilgan.

Isamovga nisbatan sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumani sudining 22 iyuldagi ajrimi bilan statsionar tartibda sud-psixiatriya ekspertizasidan o‘tkazish uchun Toshkentga yuborilgan. Shu kuni turmush o‘rtog‘i Nodira Haydarova va o‘g‘li Sharofiddin Daminov bilan uchrashuv tashkil qilib berilgan.

Izoh: OAV da tarkalgan xabarlarda aytilganidek, voqea sodir bo‘lgandan keyin tadbirkorning ikki o‘g‘li ham IIB xodimlari tomonidan olib ketilib, ularning biri tan jarohati bilan qo‘yib yuborilgani, jarohatlar militsiya xodimlari tomonidan yetkazilgani borasida Bosh prokuratura hozircha hech nima degani yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring