Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Velosipedchiga bosqinchilik qilgan «Neksiya»dagilar qo‘lga tushdi

Velosipedchiga bosqinchilik qilgan «Neksiya»dagilar qo‘lga tushdi

Foto: «Tergov.uz»

2020-yil 12-noyabr kuni soat 23:30 da 20 yoshli Jahongir O‘. Qarshi tumani Dasht qishlog‘idagi yo‘ldan velosipedda uyiga ketayotgan bo‘lgan. Shu payt uning oldiga «Neksiya» kelib to‘xtagan. 4 nafar noma’lum shaxs yonidagi 1 mln. 520 ming so‘mlik telefonini olib qo‘yishgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni Koson tumanida yashovchi 25 yoshli Husayiddin J. o‘zining voyaga yetmagan tanishlari, ya’ni Qarshi shahrida yashovchi 17 yoshli Otabek X., 17 yoshli Asadbek G‘. va Qarshi tumanida yashovchi 16 yoshli Asliddin M.larni jinoyat sodir qilishga jalb qilgan holda ular bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, sodir etganliklari aniqlanib, jinoiy guruh a’zosi hisoblangan voyaga yetmagan Otabek X.,dan «SAMSUNG A-10S» rusumli uyali telefon apparati tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonchilik bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, Xusayiddin J.ga nisbatan JKning 127-moddasi 3-qismi «B» bandi (voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish), 166-moddasi 2-qismi «v» bandi va 164-moddasi 2-qismi «B» bandi (Bosqinchilik bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib) bilan ayblov e’lon qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. voyaga yetmaganlar Otabek X., Asadbek G‘. va Asliddin M.lar jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinganlar.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring