Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tushuntirish xatini qo‘lda yozish kerakmi yoki kompyuterda?

Tushuntirish xatini qo‘lda yozish kerakmi yoki kompyuterda?

Tushuntirish xati – intizomning buzilishiga doir har qanday fakt va xodisaning (ish joyida yo‘qligi, kechikish, mehnat vazifalarini buzish, ish beruvchining mulkiga zarar yetkazish va boshqalar) sabablarini harakat (yoki harakatsizlik) ishtirokchisi tomonidan tushuntirib beruvchi hujjatdir.

Tushuntirish xati odatda qo‘l bilan yozilishi maqsadga muvofiq, qabul qiluvchi uni talab qilgan mas’ul shaxs bo‘ladi.

Tushuntirish xatining shakliga (qo‘lda yoki kompyuterda yozilishiga) nisbatan qonun hujjatlarida hech qanday talab belgilanmagan. Shuning uchun ma’lum bir tashkilotlarda qabul qilingan ish yuritish shakliga muvofiq tushuntirish xati kompyuterda ham yozilishi mumkin.

Tushuntirish xatiga qo‘yilgan talablar oddiy, ya’ni tushuntirish xatlari:

➖ umumiy so‘z birikmasidan iborat bo‘lmasligi kerak, tushuntirish xatining matni rasmiy ish yurituvi qoidalariga muvofiq tayyorlanadi;
➖ tushuntirish xatida ko‘rsatilgan ma’lumotlar ishonchli va zarur hollarda isbotlanishi kerak;
➖ har qanday holatda xodimning o‘zi tomonidan va uning nomidan yozilishi zarur;
➖ xodim tomonidan imzolanishi va xatda yozilgan vaqti ko‘rsatilishi shart.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, faqatgina ish beruvchi xodimdan tushuntirish talab qilishi mumkin.
Shu bilan birga, amaliyotga muvofiq ish beruvchi xodimdan muayyan bir mehnat intizomining buzilishi yuzasidan tushuntirish xati so‘rash to‘g‘risida kadrlar xizmatiga ko‘rsatma berishi mumkin.

Ya’ni kadrlar xizmati aynan ish beruvchining ko‘rsatmasi yoki farmoyishi bilan xodimdan tushuntirish xati so‘raydi va bu holatda xodimga ish beruvchining ko‘rsatmasi yoki faromoyishini aynan namoyish qilish maqsadga muvofiq.

Xodim tushuntirish xati yozib berishdan bosh tortishi va bu harakatni qilishni keskin rad etishi ham mumkin.

Bu holatda, mavjud mehnat intizomining buzilishi faktida xodimning ishtiroki va uning aybli yoki aybsizligi qanday aniqlanadi?

Birinchi navbatda, yuqoridagi o‘rinlarda keltirib o‘tganimizdek, xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuzish kerak bo‘ladi.

Shu bilan birga, sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakatni ushbu harakatning guvohi va ishtirokchisi bo‘lgan bo‘lgan xodimlar ishtirokida tuzilgan «mehnat intizomining buzilishi to‘g‘risidagi dalolatnoma»asosida rasmiylashtirish, unda mehnat intizomining buzilganligi va ushbu intizom aynan kim tomonidan buzilganligi, uzrli yoki uzrsiz sabablar kabi muhim ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring