Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tuman sudi raisi pora bilan qo‘lga tushdi

Tuman sudi raisi pora bilan qo‘lga tushdi

Foto: «Xabar.uz»

2024 yil 30 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tuman sudining raisi Sh. S. qo‘lga olindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, u o‘zining ish yurituvidagi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi va boshqa moddalari bilan ayblangan sudlanuvchi O. S.ga yengilroq jazo tayinlash evaziga, sudlanuvchining otasi V.S.dan 2 000 AQSh dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.

«Oliy sud Plenumining bugun o‘tkazilgan majlisida Bosh prokurorning jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tuman sudining raisi Sh.S.ni Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoiy javobgarlikka tortish va unga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi taqdimnomasi ko‘rib chiqilib, rozilik berildi», deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, Oliy sud tomonidan sud organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, tizimni nopok kadrlardan tozalash harakatlari amalga oshirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring