Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahri va viloyatida 21 nafar shaxs ichki ishlar idoralariga olib ketildi

Toshkent shahri va viloyatida 21 nafar shaxs ichki ishlar idoralariga olib ketildi

Illyustrativ foto

Joriy yilning 26 fevral kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida yashirin faoliyat olib borgan xalqaro terroristik tashkilot va ekstremistik oqim yollovchilarining g‘oyaviy ta’siriga tushgan bir guruh shaxslarning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, mazkur shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida noqonuniy diniy yig‘ilishlar o‘tkazib, unda Suriyadagi xalqaro terroristik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib qilib, ularni faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, ushbu tashkilotlar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirib kelganlar.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2442-moddasi 1-qismi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida poytaxt va viloyat hududidagi 24 ta manzillarda tintuv tadbirlari o‘tkazilib, 21 nafar shaxslar ichki ishlar idoralariga olib ketilgan.

«Ushbu shaxslarning yashash manzillaridan jinoyatga aloqador bo‘lgan ashyoviy dalillar topilib, qonuniy tartibda rasmiylashtirilib olindi va tergov-surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring