Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tergov natijalari va dalillarni soxtalashtirganlar ham jazolanadi

Tergov natijalari va dalillarni soxtalashtirganlar ham jazolanadi

Foto: «Kazinform»

O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 4-apreldagi «Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartishlar kiritildi:

«2301-modda. Dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish)

Isbotlashni amalga oshirayotgan shaxslar yoki isbotlashda ishtirok etish uchun jalb qilinayotgan shaxslar tomonidan dalillarning tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ishlari materiallari bo‘yicha dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash chog‘ida g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda hujjatlarga yoxud ashyolarga bila turib yolg‘on ma’lumotlarni kiritishda va o‘zga buzib ko‘rsatishlarda namoyon bo‘ladigan soxtalashtirilishi (qalbakilashtirilishi) — eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa;

b) shaxsni ushlab turishga, qamoqqa olishga, jinoiy javobgarlikka tortishga yoki jinoiy javobgarlikdan ozod etishga, hukm qilishga yoxud oqlashga sabab bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum etib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat to‘g‘risidagi jinoyat ishi bo‘yicha dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish), xuddi shuningdek, dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) og‘ir oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum etib, yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi».

Shuningdek, 2302-modda bilan to‘ldirilmoqda.

«Jinoyatni sodir etishga aloqasi yo‘qligi oldindan ayon bo‘lgan shaxsni jinoiy ta’qib qilish maqsadida yoxud shaxsning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga zarar yetkazish maqsadida tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirishga vakolatli shaxslar tomonidan soxtalashtirish (qalbakilashtirish) eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmishlar axborotni nooshkora olish uchun mo‘ljallangan maxsus texnika vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring