Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tashqi Mehnat migratsiyasi agentligi sobiq rahbarlariga nisbatan hukm chiqdi

Tashqi Mehnat migratsiyasi agentligi sobiq rahbarlariga nisbatan hukm chiqdi

Ravshan Ibragimov va Ulug‘bek Nazarov.

Foto: «UzNews.uz»

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Tashqi Mehnat migratsiyasi agentligi sobiq rahbarlariga nisbatan sud jarayoni boshlangani haqida xabar berilgan edi.

Kuni kecha sud jarayoni yakuniga yetdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud matbuot xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Orif Qlichev raisligida hamda xalq maslahatchilari X.Rixsiyeva va G.Qosimovadan iborat sud tarkibining hukmiga ko‘ra, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi sobiq boshlig‘i Ravshan Ibragimov (1966-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan) Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilgan. Uning sobiq o‘rinbosari Ulug‘bek Nazarov (1977-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan) ham shuncha muddatga «kesildi».

Agentlikning sobiq bo‘lim boshlig‘i Alijon Abdullayev (1983-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan) va Agentlik huzuridagi markaz direktori vazifasida ishlagan Ozod Maxsudovga (1970-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan) bir xil — 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sudlanuvchilarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring