Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudya bo‘lish uchun kamida 35 yosh talab etiladi

Sudya bo‘lish uchun kamida 35 yosh talab etiladi

Foto: «Xabar.uz»

Senatning 21-yalpi majlisida «Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun maqullandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Qonun bilan 10 dan ortiq Qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Ularga ko‘ra:

  • sudyalik uchun 35 yosh bo‘lish (amalda 30 yosh) talab etilmoqda;
  • sudyalikka nomzodlar Sudyalar oliy maktabida o‘qishi o‘rtacha oylik ish haqi saqlanmagan holda (amalda saqlanmoqda) bo‘lishi belgilanmoqda.

Xalq maslahatchilarining ham 35 yoshda bo‘lishi (amalda 30 yosh) nazarda tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qonun kuchga kirishi uchun Prezident tomonidan imzolanishi va belgilangan tartibda rasman e’lon qilinishi lozim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring