Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sobiq sudya qanday jinoyatlarda ayblanayotgani ma’lum qilindi

Sobiq sudya qanday jinoyatlarda ayblanayotgani ma’lum qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali  tuman sudining sobiq sudyasi Sh. Yu. jinoyat ishi bo‘yicha gumondor sifatida jalb qilingani xabar qilingandi.

DXX ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yilning 5 dekabr kuniga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi lavozimida ishlagan shaxs ushbu lavozimda bo‘lishi davrida, o‘z ish yurituvida bo‘lgan qurilish firmasi rahbari va boshqalarni Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan ayblashga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqishi jarayonida hokimiyat harakatsizligi, dalillarni soxtalashtirish, adolatsiz hukm chiqarish hamda tovlamachilik kabi jinoyatlarini sodir etgan.

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan materiallar asosida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan JIB Sergeli tuman sudining sobiq sudyasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165, 208, 2301 va 231-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari DXX Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring