Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 4 ta o‘qni 100 dollarga sotgan shaxs qo‘lga olindi

Samarqandda 4 ta o‘qni 100 dollarga sotgan shaxs qo‘lga olindi

3-sentyabr kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 5-sonli IIB JQB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deya xabar berdi Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati.

Tadbirda Samarqand shahar A.Temur ko‘chasida yashovchi 1976 y.t. O.T. ikki dona 16 kalibrli va ikki dona 12 kalibrli o‘q-dori (patron)larni 100 AQSh dollariga O‘. ismli shaxsga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring