Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda 40 million so‘mlik tamaki mahsulotining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Qashqadaryoda 40 million so‘mlik tamaki mahsulotining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Qashqadaryo viloyati huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan kontrabanda tamaki mahsulotlari savdosi to‘xtatib qolindi. Tezkor tadbir davomida viloyatdagi savdo markazlaridan biriga olib kirishga urinish chog‘ida jami 18 million 700 ming so‘mlik 20 000 dona tamaki mahsuloti ushlab qolingan.

Shuningdek, Qarshi shahrida umumiy summasi 21 million 820 ming so‘m bo‘lgan 18 000 dona aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotishga urinayotgan fuqaro qo‘lga olindi.

Qashqadaryo viloyati Bojxona boshqarmasi matbuot kotibi Aziza Xushvaqtova tomonidan ma’lum qilinishicha, bojxona organlari ushbu faktlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda.

Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatida kontrabanda tamaki mahsuloti savdosining ulushi 10%ni tashkil qiladi. Noqonuniy sotuvchilar va kontrabandachilar davlat iqtisodiyotiga ulkan zarar yetkazadi, shu sababli ularning faoliyatiga zudlik bilan chek qo‘yish va qonuniy jazo qo‘llash zarurligi aytilmoqda.

Boz ustiga, kontrabanda tamaki mahsulotlari bilan birga O‘zbekistonga ko‘pincha taqiqlangan moddalar va qalbaki dori-darmon ham kirib keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring