Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Prava» olib berish uchun 500 dollar pora olgan firibgar ushlandi

«Prava» olib berish uchun 500 dollar pora olgan firibgar ushlandi

Haydovchilik guvohnomasini olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Prokratura Departamenti ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.I. fuqaro M.G.ni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish va haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 5 00 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring