Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oliy sudda ko‘rilayotgan bir guruh mahkumalarning ishida Bosh vazir o‘rinbosari shaxsan qatnashmoqda

Oliy sudda ko‘rilayotgan bir guruh mahkumalarning ishida Bosh vazir o‘rinbosari shaxsan qatnashmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida o‘n to‘qqiz nafar mahkumalarning ishi nazorat tartibida ko‘rib chiqish boshlandi. Ularning barchasi sodir etgan jinoyatlari uchun uzoq yillardan buyon jazo o‘tayotgan ayollar ekani aytiladi.

Sud majlislari oliy mahkama raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov raisligida o‘tmoqda. E’tiborlisi, unda advokat va davlat ayblovchisidan tashqari Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova shaxsan ishtirok etayotir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring