Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiy prokurori Qoraqalpog‘istonga o‘tdi

Navoiy prokurori Qoraqalpog‘istonga o‘tdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining 2018 yil 3 noyabrdagi Qaroriga asosan Karimov Xidir Samatovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlandi.

X.Karimov 1967 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1994 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Xidir Karimov prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1996 yilda Kitob tuman prokuraturasida boshlab, Qashqadaryo viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2011 yildan Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2017 yilning mart oyidan shu vaqtgacha Navoiy viloyat prokurori lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston prokurori lavozimda ishlab kelgan Raxmatov Rashid Nasrulloyevich 2 noyabr kuni Bosh prokurorning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring