Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy gvardiyachilar o‘g‘rilarni jinoyat ustida tutdi

Milliy gvardiyachilar o‘g‘rilarni jinoyat ustida tutdi

Foto: «Gazeta.uz»

Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida tungi patrullik xizmatini olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va ichki ishlar xodimlari xizmat o‘tash chog‘ida ikki nafar fuqaroni velosipedlar o‘g‘irligi ustida qo‘lga oldilar. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

O‘g‘rilar qochishga urinishgan. Ammo xodimlarning tezkor sa’y-harakati natijasida ularning niyati amalga oshmadi. Jinoyat ustida qo‘lga tushganlar ilgari uch marta sudlangan shaxslar ekanligi aniqlangan.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha tergov surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring