Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIBB xodimlari maxsus retseptsiz kuchli dori vositalarini sotgan dorixona ishchisini aniqlashdi

IIBB xodimlari maxsus retseptsiz kuchli dori vositalarini sotgan dorixona ishchisini aniqlashdi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi, Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti hamkorligida narkotik vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi kurash bo‘yicha olib borilgan tadbirlar davomida aniqlanishicha, Uchtepa tumani 14-kvartalda joylashgan «Registon farm» MChJ ishchisi 24 yoshli Farxod E. maxsus retsept talab qilmasdan kuchli ta’sirga ega dori vositalari sotuvi bilan shug‘ullangan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Dorixonani ko‘zdan kechirish vaqtida 193ta «Regapen» tabletkalari, 140 flakon «Tropikamid» va 1100 ta tabletka «Karbamazepin» topilgan.

To‘plangan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi («Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilishi masalasini hal qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Departamentga topshirilgan.

«Hurmatli fuqarolar! Dorixona ishchilari «Tropikamid» yoki «Regapen» dorilarini retseptsiz sotayotganligi guvohi bo‘lgan bo‘lsangiz, bu haqda 102 yoki 71-232-30-40, 71-232-40-50 raqamlariga xabar bering. Qonun doirasida chora ko‘riladi», deyiladi xabarda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring