Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada telefon do‘konini o‘marishda gumonlanuvchilar qo‘lga olindi

Farg‘onada telefon do‘konini o‘marishda gumonlanuvchilar qo‘lga olindi

2020 yil 12 yanvar kunidan 13 yanvar kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar Bag‘dod tumanida joylashgan savdo do‘koniga eshik qulfini buzish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 29 yoshli S.A.ga tegishli umumiy bahosi 16.400.000 so‘mlik jami 14 turdagi uyali telefon apparatlari, quvvatlantirgich, mikrochiplarni, hamda 8.540.000 so‘m va 350 AQSh dollari miqdoridagi naqd pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan noma’lum shaxslarga nisbatan Bag‘dod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlari davomida ushbu jinoyatni 24 yoshli B.X., 20 yoshli S.Sh., 19 yoshli A.A. va voyaga yetmagan 17 yoshli O.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishgan va protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov deparatmenti

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring