Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ayovsiz kaltaklangan o‘quvchi qiz»ga oid videolavha yuzasidan Bosh prokuratura ma’lumot berdi

«Ayovsiz kaltaklangan o‘quvchi qiz»ga oid videolavha yuzasidan Bosh prokuratura ma’lumot berdi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Qator ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda kollej o‘quvchisi bo‘lgan qiz «opacha» tomonidan ayovsiz kaltaklanganiga oid videolavha tarqaldi. Bu ish o‘z vaqtida o‘rganilgan va tegishli huquqi ta’sir choralari ko‘rilgan.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova «Xabar.uz» ma’lum qildi. Va alohida ta’kidladiki, tarmoq foydalanuvchilari tassavvur qilganidek, voqelik kecha yoki o‘tgan kuni emas, balki o‘tgan yilning 20-oktyabr kuni Namangan viloyatining Norin tumani Haqqulobod  shaharchasidagi musiqa maktabi oldida sodir bo‘lgan. 

Aniqlanishicha, o‘zaro janjallashgan qizlar bir-biriga notanish bo‘lmagan: ikkisi ham shu tumanda istiqomat qilib, biri —  kasb-hunar, ikkinchisi tibbiyot kollejida tahsil ko‘rayotgan o‘quvchi qizlardir. Ular o‘rtasidagi janjalga sabab — mobil telefonning sindirib qo‘yilganiga borib taqaladi. Singan apparatni tuzatish bilan bog‘liq mojaro qo‘l ko‘tarishgacha olib kelgan. Tan jarohati yetkazishga sabab bo‘lgan ayni holat qizlarning boshqa bir dugonasi tomonidan qo‘l telefoni orqali tasvirga olinadi. Oradan bir oy o‘tib, ushbu tasvir internet tarmog‘iga chiqib ketishi natijasida mojaro ikkala qizning oilasi darajasigacha ko‘tariladi.

Mazkur holat 21.11.2018-yil kuni profilaktika inspektori F.Turaboyev tomonidan atroflicha o‘rganilib,  ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atilgan. To‘plangan hujjatlar 21.12.2018-yilda Ma’muriy ishlar bo‘yicha Norin tumani sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, aybdorlarga nisbatan  tegishli jazo tayinlangan.

R.S. Tahririyatga mojaro «qahramon»larining ism-sharifi, manzili ma’lum. Biroq voyaga yetmagan shaxslar ekani bois, (shaxslarini) ochiqlamaslikni maqsadga muvofiq, deb bildik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring