Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Agroinspeksiya xodimi 10 ming dollari bilan qo‘lga tushdi

Agroinspeksiya xodimi 10 ming dollari bilan qo‘lga tushdi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Asaka tuman bo‘limi boshlig‘i 10 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi.

Bu haqda bugun AOKA huzuridagi shtabda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti bo‘lim boshlig‘i Farhod Ochilov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Agroinspeksiyaning Asaka tuman bo‘limi bo‘lim boshlig‘i tumandagi fermer xo‘jaligiga tegishli 44 gektar yerda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari to‘liq ekilmaganligini ro‘kach qilib, yer maydonini boshqaga olib berish bilan qo‘rqitib, xo‘jalik rahbaridan tamagirlik bilan 10 ming dollar pora olgan vaqtida qo‘lga tushgan.

«Hozirda ushbu shaxs tergov oldida javob bermoqda», — dedi Farhod Ochilov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring